Jahon

Qozog‘istonda xorijliklar uchun pulli elektron ruxsatnoma joriy etiladi

Yangi tartib O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli bo‘ladi.

Qozog‘istonda xorijliklar uchun pulli elektron ruxsatnoma joriy etiladi

Qozog‘iston 2026-yil 1-noyabrdan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun pullik elektron kirish ruxsatnomasini bosqichma-bosqich majburiy joriy etadi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi.

 

Yangi tartib O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli bo‘ladi. 

 

Yangi Electronic Travel Authorization (ETA) ruxsatnomasi QazETA raqamli platformasi orqali rasmiylashtiriladi. Ariza safardan kamida 72 soat oldin topshirilishi kerak. Ruxsatnoma 180 kun davomida amal qiladi va shu muddat ichida Qozog‘istonga bir necha marta kirish imkonini beradi.

 

Ruxsatnomani QazETA orqali rasmiylashtirish to‘lovi 3900 tenge (taxminan 7 yevro) bo‘lishi kutilmoqda. Chegarada rasmiylashtirilganda esa to‘lov 7800 tenge (taxminan 14 yevro)ni tashkil etadi.

 

Yangi tartib bosqichma-bosqich kuchga kiradi. 1-noyabrdan samolyotda Qozog‘istonga keladigan xorijliklar uchun ETA majburiy bo‘ladi.

 

15-noyabrdan avtomobil yoki avtobusda Qozog‘istonning Xitoy, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan chegaralaridan kiruvchilar uchun ruxsatnoma majburiy bo‘ladi.

 

30-noyabrdan talab Rossiya va Qirg‘iziston bilan avtomobil orqali o‘tiladigan chegara punktlariga ham tatbiq etiladi. 15-dekabrdan esa Qozog‘istonga poyezd va dengiz transportida keluvchilar uchun ETA majburiy bo‘ladi.

 

Hozircha, 25-avgustdan 1-noyabrgacha tizim sinov rejimida ishlaydi va bu davrda chet elliklar ruxsatnomasiz mamlakatga kiritiladi.

 

Qozog‘istonning rasmiy QazETA platformasida ETA vizasiz rejimdagi davlatlar fuqarolari uchun mo‘ljallangani qayd etilgan. Platformada O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarining ID-kartalari ham qabul qilinadigan hujjatlar qatorida ko‘rsatilgan.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.