O'zbekiston

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Viloyatda 9,5 mlrd dollarlik integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, umumiy qiymati 9,5 milliard dollar bo‘lgan loyiha 2026-yil 4-iyundan qurilishning faol bosqichiga o‘tgan. Hozirgacha reaktor binosi uchun kotlovan qazish ishlari yakunlanib, 1 million kub metrdan ortiq tuproq chiqarilgan. Poydevor plitasining bir qismiga 916 kub metr beton quyilgan.

 

Ayni paytda qurilish maydonida 450 nafar ishchi va mutaxassis hamda 100 dan ziyod maxsus texnika faoliyat yuritmoqda.

 

Loyihada qariyb 3 ming turdagi mahsulot va uskunadan foydalanish rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy mahsulotlar ulushi 21 foiz yoki 1,9 milliard dollarni tashkil etadi. Prezident bu ko‘rsatkichni oshirish zarurligini ta’kidlab, mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 30 foizga, qurilish-montaj ishlarida milliy korxonalar ishtirokini 65 foizga yetkazish hamda 7 ming nafar mahalliy ishchi va mutaxassisni jalb etish vazifasini qo‘ydi.

 

Shuningdek, Forish tumanida 200 gektar maydonda qurilish materiallariga ixtisoslashgan sanoat zonasini tashkil etish taklif qilindi. Unda kamida 100 ta qo‘shma korxonani joylashtirish va 15 yo‘nalishda mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan.

 

Atom elektr stansiyasining tashqi muhandislik infratuzilmasi doirasida 388 kilometr elektr tarmoqlari, 110 kilovoltli podstansiya, ichimlik va texnik suv quvurlari, avtomobil va temir yo‘llar quriladi. Ushbu obyektlarda mahalliy mahsulot va xizmatlar ulushini 60–70 foizga yetkazish vazifasi belgilandi.

 

Qurilish davrida ishchi va mutaxassislar hamda ularning oilalari uchun 200 gektar maydonda atomchilar shaharchasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Shaharcha qariyb 33 ming aholiga mo‘ljallanadi. Bu yerda 10 mingga yaqin xonadon, jumladan, birinchi bosqichda 3 mingta xonadon qurilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shaharchada maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiyot, sport va madaniyat obyektlari, dam olish maskanlari hamda yashil hududlar tashkil etiladi. Uy-joylarda energiya samarador texnologiyalar, muqobil energiya manbalari va “aqlli” yoritish tizimlaridan foydalaniladi.

 

Taqdimotda atom elektr stansiyasi qurilishida xavfsizlik va sifat eng ustuvor masala bo‘lishi, barcha ishlar MAGATE talablari hamda xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilishi ta’kidlandi. 2026-yil 22–26-iyun kunlari MAGATEning kompleks baholash missiyasi o‘tkazilib, O‘zbekiston milliy yadroviy infratuzilmasining rivojlanish holatiga yuqori baho berilgani qayd etildi.

 

Shuningdek, stansiyani boshqaradigan operatorlar, muhandislar va radiatsiya xavfsizligi mutaxassislarini oldindan tayyorlash, loyiha boshqaruvi va texnik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Prezident mutasaddilarga atom elektr stansiyasi va atomchilar shaharchasi qurilishini yuqori sifatda, xavfsiz va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish hamda infratuzilma va kadrlar tayyorlash ishlarini uyg‘un tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.