O'zbekiston

Toshkentda 1,2 kilometrlik BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi

Shahrisabz ko‘chasidagi BRT loyihasining birinchi bosqichi doirasida yangi avtobus bekatlari va alohida harakat yo‘lagi tashkil etilib, yo‘l infratuzilmasi to‘liq qayta qurildi.

Toshkentda 1,2 kilometrlik BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi

Toshkent shahridagi Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

 

Mazkur uchastka Shahrisabz, Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari tutashgan aylanma chorrahadan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 kilometrlik qismni qamrab oladi.

 

Qayd etilishicha, loyiha doirasida yo‘lning mavjud qoplamasi yangilanibgina qolmay, ostki konstruksiyasi ham to‘liq qayta qurildi. Ayrim qismlarda 2 metrdan ortiq chuqurlikkacha qazish ishlari bajarilib, yo‘l poydevori qayta shakllantirildi. Grunt namligi va keyinchalik cho‘kish xavfini kamaytirish uchun geotekstil qoplamasi yotqizildi.

 

Yo‘l asosi 35 santimetr qalinlikdagi qum-shag‘al aralashmasi, M-75 markali mustahkamlovchi qatlam, 9 santimetr qalinlikdagi yirik donali asfalt-beton va 5 santimetr qalinlikdagi PSHMA-20 qatlamidan tashkil etildi.

 

BRT infratuzilmasi doirasida 5 ta yangi avtobus bekati tashkil etilib, jamoat transporti uchun alohida harakat yo‘lagi yaratildi. Yo‘lak umumiy transport oqimidan bordyurlar yordamida jismonan ajratildi.

 

Xabarga ko‘ra, qurilish ishlari davomida transport harakati to‘liq to‘xtatilmadi. Ishlar bosqichma-bosqich olib borilib, ko‘chaning ikki yo‘nalishidagi chekka o‘ng tasmalarda transport harakati saqlab qolindi.

 

Shahrisabz ko‘chasidagi 1,2 kilometrlik uchastka BRT infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichi hisoblanadi. Umumiy loyiha doirasida ko‘chaning qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yo‘lagini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Avvalroq, Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (Bus Rapid Transit) yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.