Jahon

FIFA va UEFА o‘rtasida Infantino rejasi sababli mojaro kuchaydi

FIFА AQSH sudiga kiritgan hujjatida UEFA‘ni Janni Infantino va tashkilot rahbariyatiga qarshi “tuhmat kampaniyasi” olib borishda aybladi.

FIFA va UEFА o‘rtasida Infantino rejasi sababli mojaro kuchaydi



FIFА AQSH sudiga kiritgan hujjatida Yevropa futbol tashkiloti UEFA‘ni tashkilot rahbariyati va prezidenti Janni Infantinog‘a qarshi «tuhmat kampaniyasi» olib borayotganlikda ayblagan. FIFА UEFA‘ning AQSH sudlaridagi so‘rovlarini to‘xtatish yoki kechiktirishni so‘ragan. Bu haqda AP News xabar berdi.



Janjal FIFА Forward Enterprise deb nomlangan loyiha atrofida yuzaga kelgan. Mazkur tashabbus orqali Jahon chempionati va FIFA‘ning boshqa musobaqalaridagi ulushlarni xususiy kapital investorlariga sotish evaziga 4,2 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilgan edi. FIFА bu rejadan 1-avgust kuni, taklif jamoatchilikka maʼlum bo‘lganidan bir necha kun o‘tib, kuchli qarshiliklar ortidan voz kechgan.



Shundan so‘ng UEFА AQSHning Nyu-York, Florida va Kolorado shtatlaridagi sudlariga dalillarni oshkor qilish bo‘yicha so‘rovlar kiritgan. Ulardan biri Jared Kushnerning ukasi Josh Kushner va uning Thrive Capital Management investitsiya kompaniyasiga tegishli hujjatlarni olishni ko‘zda tutgan.



FIFА Koloradodagi sudga kiritgan arizasida UEFA‘ning hujjat talablarini «UEFA va uning rahbariyatiga qarshi tuhmat kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi press-relizlardan boshqa narsa emas» deb atagan. Tashkilot UEFА xorijiy jinoiy ish doirasida dalillarni talab qilayotganini, biroq bunday jinoyat ishi hali mavjud emasligini bildirgan.



UEFА esa Infantinog‘a nisbatan Shveysariya sudlarida moliyaviy boshqaruv bilan bog‘liq ehtimoliy huquqbuzarliklar yuzasidan jinoiy shikoyat tayyorlayotganini maʼlum qilgan. UEFА yuristlari FIFА Forward Enterprise loyihasi Infantino va uning yaqin doirasiga FIFA‘ning eng qimmat aktivlaridan doimiy ulush olish hamda ulardan foyda ko‘rish imkonini berishi mumkinligini daʼvo qilgan.



FIFA, o‘z navbatida, UEFА Yevropadagi futbol federatsiyalariga FIFА Forward Enterprise rejasiga qarshi chiqish uchun bosim o‘tkazganini ham ayblagan. UEFA bu daʼvolarga munosabatini ushbu sud jarayoni doirasida bildirgan.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.