Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi
Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.
Saudiya Arabistonining Dammam shahrida joylashgan Qirol Fahd xalqaro aeroportiga 21-oktyabr, chorshanba kuni kechqurun hujum uyushtirildi. Bu haqda mamlakat Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi (GACA) ma’lum qildi.
Idora xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida Saudiya Arabistonida yashovchi xorijiy fuqaro halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Jabrlanganlar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Hujum natijasida aeroport mulkiga ham zarar yetgan. Ayni paytda zararni baholash ishlari olib borilmoqda. Hujum qanday amalga oshirilgani va uning ortida kim turgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Shu bilan birga, Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi mamlakat sharqida to‘rtta dron ushlanib, yo‘q qilinganini bildirgan.








