O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi internet va raqamli xizmatlar platformalarini o‘rganmoqda

O‘rganishlarda ayrim platformalarda tariflar, narxlar, xizmat ko‘rsatish shartlari va ommaviy oferta to‘liq joylashtirilmagani aniqlangan.

Raqobat qo‘mitasi internet va raqamli xizmatlar platformalarini o‘rganmoqda

 

Raqobat qo‘mitasi striming, internet va raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mobil ilovalari va veb-saytlarini o‘rganishni boshladi. 2026-yilda telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha iste’molchilar murojaatlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki barobarga oshib, 1000 tadan ortgan.

 

Tekshiruvlarda platformalarda tariflar va narxlar, xizmat ko‘rsatish shartlari, ommaviy oferta hamda boshqa zarur ma’lumotlar to‘liq joylashtirilmagani aniqlangan.


 
Shuningdek, ayrim operator va provayderlarning platformalarida ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilmayotgani ham qayd etilgan.


 
Qo‘mita hozirda ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ochiq platformalarini iste’molchilar uchun zarur axborotlarni taqdim etish hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan o‘rganmoqda.


 
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan mobil ilova va veb-saytlaridagi ma’lumotlarni to‘liq taqdim etish hamda ularni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish talab qilingan.


 
Qo‘mita o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan. Iste’molchilar o‘z takliflarini info@raqobat.gov.uz va consumer@antimon.gov.uz elektron manzillariga yuborishi mumkin.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.