Jahon

Zelenskiy va uning oilasiga umrbod davlat himoyasi berilishi taklif qilindi

Hujjatga ko‘ra, harbiy holat davrida faoliyat yuritgan ayrim yuqori martabali mansabdor shaxslarga ham davlat himoyasi berilishi mumkin.

Zelenskiy va uning oilasiga umrbod davlat himoyasi berilishi taklif qilindi

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy va uning oila a’zolariga umrbod davlat himoyasini ta’minlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Radaga taqdim etildi. Bu haqda Ukraina parlamentining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan hujjat ma’lumotlarida qayd etilgan.

 

Qonun loyihasi mualliflaridan biri Ukraina parlamentining Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi kotibi Roman Kostenko hisoblanadi.

 

Hujjatga ko‘ra, Prezident bilan birga yashaydigan yoki unga hamrohlik qiladigan oila a’zolariga, Prezidentning impichment orqali lavozimidan chetlatilishi bundan mustasno, uning vakolatlari tugaganidan keyin ham umrbod davlat himoyasi taqdim etilishi taklif qilinmoqda.

 

Shuningdek, qonun loyihasida harbiy holat davrida o‘z vazifalarini bajargan Bosh shtab hamda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi a’zolariga davlat himoyasi berilishi ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur taklif munosabati bilan Ukraina Davlat xavfsizlik boshqarmasi xodimlarining umumiy sonini 5 500 nafargacha oshirish ham nazarda tutilmoqda.

 

Ukrainada harbiy holat 2022-yil 24-fevralda joriy etilgan va shundan buyon bir necha bor uzaytirilgan. Zelenskiyning prezidentlik muddati rasman 2024-yil 20-mayda yakunlangan. Ukraina rasmiylari esa harbiy holat davom etayotgan paytda muntazam prezidentlik saylovlarini o‘tkazish mumkin emasligini bildirgan.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.