Jahon

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

AQSh harbiylari Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qilishicha, hujum Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

 

Zarba berilgan tankerlarning biri Eronning asosiy neft eksport terminali joylashgan Xarg oroli yaqinida bo‘lgan. AQSh tomoni hujum oqibatida ikki tanker doimiy ravishda foydalanishdan chiqarilgani, yana bir yuklanmagan tanker esa yo‘q qilinganini bildirgan.

 

CENTCOM rahbari admiral Bred Kuperning aytishicha, AQSh kemalariga hujum qilinsa, Vashington Eronning neft tashish imkoniyatlariga qarshi yanada keskin choralar ko‘rishi mumkin.

 

“Agar siz bizning ikkita kemamizga o‘q uzsangiz, biz bundan ham kattaroq iqtisodiy zarar yetkazamiz — sizning uchta kemangizni yo‘q qilamiz”, — degan Kuper.

 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilgan raketalar nishoniga olingan AQSh aviatashuvchisi va boshqariladigan raketa tashuvchi esminets hujumlardan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Amerika harbiy xizmatchilaridan hech kim jarohatlanmagan.

 

Eronning Tasnim agentligi esa Xarg oroli yaqinidagi langar tashlash hududida turgan tankerga AQShning to‘rtta raketasi tegganini xabar qilgan. Agentlikka ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagan, tanker ekipaji esa evakuatsiya qilingan.

 

Eron rasmiylari hujumlarga hozircha rasman munosabat bildirmagan.

 

Reuters qayd etishicha, hodisa AQSh va Eron o‘rtasidagi so‘nggi kunlarda kuchaygan qarama-qarshiliklar fonida yuz berdi. Mojaro fevral oyida AQShning Eronga qarshi zarbalaridan so‘ng keskinlashgan va mintaqadagi energiya ta’minotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

 

AQSh Prezidenti Donald Tramp 31-avgust kuni Xarg oroli “mayda bo‘laklarga parchalanayotganini” aytgan. Eron rasmiylari esa orolga hujum qilingan taqdirda keskin javob qaytarilishini bildirgan.

 

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Biroq AQSH vitse-prezidenti hozircha buni tasdiqlovchi maʼlumot yo‘qligini bildirgan.

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Demensiya, depressiv buzilishlar va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar oshgan.

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

Uning taʼkidlashicha, Boku har ikki davlat bilan strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.