Jahon

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

BMT Bosh Assambleyasi Afrikaning haqiqiy hajmini aniqroq aks ettiruvchi dunyo xaritasidan foydalanishga o‘tishni qo‘llab-quvvatladi. Togo tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiyani 164 davlat ma’qullagan, AQSH qarshi ovoz bergan, olti davlat esa betaraf qolgan.

 

“Xaritani to‘g‘rilash” deb nomlangan rezolyutsiya majburiy kuchga ega emas. Biroq u dunyo bo‘ylab turli muassasalar foydalanadigan xaritalarni o‘zgartirishga turtki berishi mumkin.

 

Gap XVI asrdan buyon keng qo‘llanib kelayotgan Merkator proyeksiyasi haqida bormoqda. Ushbu xaritada qutblarga yaqin hududlar aslidan kattaroq, ekvator atrofidagi hududlar esa kichikroq tasvirlanadi. Xususan, Afrika va Grenlandiya xaritada deyarli bir xil hajmda ko‘rinadi, holbuki Afrika Grenlandiyadan 14 baravar katta.

 

2018-yilda kartograflar qit’alar maydonini nisbatan aniqroq aks ettiruvchi “Equal Earth” proyeksiyasini ishlab chiqqan. Joriy yil fevral oyida Afrika Ittifoqining 54 a’zo davlati ushbu proyeksiyani qabul qilgan.

 

Togo tashqi ishlar vaziri Robert Dussey xaritalar hududlar va xalqlarning dunyodagi o‘rni haqidagi tasavvurlarni shakllantirishini ta’kidladi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Jean-Noel Barrot ham Merkator xaritasidan foydalanishni to‘xtatish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

 

AQSH vakili esa rezolyutsiyani tanqid qilib, BMT Bosh Assambleyasi xalqaro tinchlik va farovonlik kabi muhim masalalarga e’tibor qaratishi kerakligini bildirdi.

 

Tashabbus tarafdorlari Afrika xaritalarda kichraytirib ko‘rsatilishi qit’aning resurslari, aholisi va iqtisodiy salohiyati haqidagi tasavvurlarga ham ta’sir qilishini ta’kidlamoqda.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar uchirgan ballistik raketani urib tushirgan.