O'zbekiston

Endi fuqarolar Prezident Xalq qabulxonasiga yuborilgan o‘z murojaatini nazorat qiladi

Murojaat bo‘yicha javob tayyorlangach, fuqaroga maxsus havolani o‘z ichiga olgan SMS-xabarnoma yuboriladi.

Endi fuqarolar Prezident Xalq qabulxonasiga yuborilgan o‘z murojaatini nazorat qiladi

 

Fuqarolarning davlat organlariga yuborgan murojaatlarini kuzatishi va ular bo‘yicha berilgan javoblarga munosabat bildirishi uchun yangi imkoniyat yaratildi.

 

Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda qayta aloqa — SMS-xabarnoma yuborish xizmatini ishga tushirdi.

 

Endilikda murojaatning ko‘rib chiqilish jarayonidagi har bir bosqich haqida fuqaroning pm.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS orqali xabar berib boriladi. Shuningdek, fuqaro murojaatining holatini saytdagi shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida kuzatishi mumkin.

 

Murojaat ko‘rib chiqilib, unga javob berilgach, fuqaroga maxsus havolani o‘z ichiga olgan SMS-xabarnoma yuboriladi. Havola orqali shaxsiy kabinetga kirib, murojaat yuzasidan berilgan javob bilan tanishish va unga o‘z munosabatini bildirish mumkin.

 

Agar fuqaro berilgan javobdan qoniqsa yoki murojaatida ko‘tarilgan masala hal etilgan bo‘lsa, “Roziman” tugmasini bosadi.

 

Aksincha, javobdan norozi bo‘lsa yoki muammo hal etilmagan deb hisoblasa, “E’tirozim bor” tugmasini bosishi mumkin. Bunday holatda murojaat qayta ijroga qaytarilib, masala yana ko‘rib chiqiladi.

 

Yangi xizmat murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligini oshirish, fuqarolarning o‘z murojaatlari ustidan nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari bilan qayta aloqani yaxshilashga xizmat qiladi.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.