Jahon

KXDR Janubiy Koreya bilan birlashish siyosatiga oid bandni bekor qildi

Nizomdan Janubiy Koreya bilan birlashish masalasidan tashqari, Janubiy Koreyada joylashgan AQSh harbiy kuchlari hamda “tashqi kuchlar”ga oid ayrim havolalar ham olib tashlangan.

KXDR Janubiy Koreya bilan birlashish siyosatiga oid bandni bekor qildi

 

Shimoliy Koreyada hukmron Koreya Mehnat partiyasi o‘z nizomidan Janubiy Koreya bilan tinch yo‘l orqali birlashish haqidagi bandni olib tashladi. Nizomning yangilangan matni ilk bor Seul Milliy xavfsizlik strategiyasi instituti tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya razvedkasi 2024-yil iyun oyida KXDR hukmron partiyasi nizomiga o‘zgartirishlar kiritilganini bildirgan, biroq hujjatning to‘liq matni shu vaqtgacha jamoatchilikka taqdim etilmagan. E’lon qilingan hujjatda, shuningdek, 2026-yil fevral oyida Koreya Mehnat partiyasining IX syezdida qabul qilingan tuzatishlar ham aks etgan.

 

Yangilangan nizomda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning vakolatlari kengaytirilgan. Shu bilan birga, partiyaning avvalgi rahbarlari Kim Ir Sen va Kim Chen Irning faoliyati hamda yutuqlariga oid ayrim ma’lumotlar hujjatdan chiqarib tashlangan. Mutaxassislar buni Kim Chen Inning partiyadagi yagona va mutlaq rahbar sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan qadam sifatida baholamoqda.

 

Nizomdan Janubiy Koreya bilan birlashish masalasidan tashqari, Janubiy Koreyada joylashgan AQSh harbiy kuchlari hamda “tashqi kuchlar”ga oid ayrim havolalar ham olib tashlangan.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, mazkur o‘zgarishlar Pxenyanning Shimoliy va Janubiy Koreyani alohida davlatlar sifatida ko‘rish pozitsiyasini yanada kuchaytirayotganidan dalolat beradi.

 

Avvalroq, 2024-yil oktabr oyida Kim Chen In tashabbusi bilan Janubiy Koreya bilan tinch yo‘l orqali birlashish haqidagi band KXDR Konstitutsiyasidan ham chiqarib tashlangan edi.

 

Yangilangan nizomda Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibining vakolatlari ham kengaytirilgan. Jumladan, unga yig‘ilishlar chaqirish, mansabdor shaxslarni tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, partiya bo‘limlarini tugatish vakolatlari berilgan.

 

Bundan tashqari, yangi qoidalarga ko‘ra, urush davrida partiya ichidagi saylovlarni bekor qilish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Partiyaga a’zo bo‘lishning eng kam yoshi esa 18 yoshdan 20 yoshgacha oshirilgan.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.