O'zbekiston

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan top-20 oliygoh aniqlandi

“Bitiruvchilar sifati indeksi” ish beruvchilarga oliygoh bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashda muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan top-20 oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilar bandligi, daromadi, ishga joylashish tezligi va barqaror bandlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, top-20 oliygoh to‘rt toifa — ijtimoiy-gumanitar, amaliy, tibbiyot, ijod va sport fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha saralangan. Ro‘yxatdagi oliygohlarning 11 tasi ijtimoiy-gumanitar, 5 tasi amaliy, 2 tasi tibbiyot hamda 2 tasi ijod va sport yo‘nalishlariga tegishli.

 

Yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori natijalarni quyidagi oliygohlar qayd etgan:

 

Ijod va sport fanlari:

 

  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasi — 81,5 ball;
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali — 79,6 ball.

 

Ijtimoiy-gumanitar fanlar:

 

  • Toshkent shahridagi Webster universiteti — 76,3 ball;
  • Osiyo xalqaro universiteti — 73,4 ball;
  • Xalqaro Nordik universiteti — 72,1 ball.

 

Amaliy fanlar:

 

  • Toshkent shahridagi Inha universiteti — 74,2 ball;
  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 72,4 ball;
  • Olmaliq davlat texnika instituti — 69,1 ball.

 

Tibbiyot fanlari:

 

  • Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali — 74,0 ball;
  • Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti — 64,0 ball.

 

Umumiy natijalar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich O‘zbekiston davlat konservatoriyasida qayd etilgan — 81,5 ball.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, “Bitiruvchilar sifati indeksi” ish beruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashda muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkentda haydovchi avtobusni eshiklari ochiq holda boshqardi.

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

Aviakompaniya Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berdi.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.