Jahon

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

 

Qozog‘istonda vizasiz davlatlar fuqarolari uchun joriy etilayotgan elektron sayohat ruxsatnomasi (ETA) vizasiz kirish rejimini pullik viza tartibiga aylantirmaydi. Bu haqda Qozog‘iston migratsiya qonunchiligiga ixtisoslashgan advokat Aygerim Xandullaeva TASS nashriga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 25-avgustdan boshlab Qozog‘iston Rossiya kabi vizasiz davlatlar fuqarolari uchun elektron kirish ruxsatnomasi tizimini sinovdan o‘tkazmoqda. Hozirda ETA tavsiya xarakteriga ega. Uni noyabr oyining boshidan aeroportlar orqali kiruvchi vizasiz davlatlar fuqarolari uchun, keyinchalik esa boshqa chegara o‘tish punktlarida ham majburiy qilish rejalashtirilmoqda.

 

ETA uchun to‘lov miqdori va uni undirish tartibi hozircha tegishli idoralar tomonidan muhokama qilinmoqda.

 

Advokatning ta’kidlashicha, ETA viza emas, balki mamlakatga kirishdan oldin rasmiylashtiriladigan va migratsiya nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida mexanizmdir. Shu sababli uning joriy etilishi vizasiz rejimning bekor qilinishi yoki boshqa nom ostida viza tartibining o‘rnatilishi degani emas.

 

Xandullaeva majburiy ETA uchun to‘lov amalda sayohat bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkinligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat mazkur tizim orqali chet elliklarni mamlakatga kelishidan avval tekshirish imkoniyatini kengaytiradi.

 

Ekspertning fikricha, yangi tizim chet elliklarga safar oldidan ularning kirish huquqi va migratsiya holati bo‘yicha aniqroq ma’lumot olish imkonini beradi.

 

Shu bilan birga, advokat ETA tizimining uzluksiz va ishonchli ishlashi muhimligini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, texnik nosozliklar yoki ortiqcha murakkab tartiblar qonuniy ravishda mamlakatga kirish imkoniyatini amalda cheklamasligi kerak.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar uchirgan ballistik raketani urib tushirgan.