Jahon

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

 

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga qiymati qariyb 5 milliard dollarga teng JDAM-ER uzoq masofaga uchadigan aniq boshqariladigan o‘q-dorilar va ularga tegishli uskunalarni sotishni ma’qulladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

AQSh Davlat departamenti bayonotida ta’kidlanishicha, taklif etilayotgan savdo Saudiya Arabistonining havo mudofaasi salohiyatini kuchaytirish, mintaqadagi mavjud va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish hamda AQSh va Fors ko‘rfazi mintaqasidagi boshqa hamkorlar qo‘llaydigan tizimlar bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshilashga xizmat qiladi.

 

Departament mazkur kelishuv AQShning tashqi siyosati va milliy xavfsizlik maqsadlariga ham mos kelishini bildirgan.

 

Saudiya Arabistoni jami 10 mingta JDAM-ER o‘q-dorisi va yo‘naltiruvchi to‘plamlarni so‘ragan. Ular orasida 227 kilogrammlik 5 mingta va 907 kilogrammlik yana 5 mingta aviabomba mavjud.

 

JDAM-ER — an’anaviy bombalarni GPS orqali boshqariladigan yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilarga aylantirish imkonini beruvchi tizim bo‘lib, ochiladigan qanotlar va boshqariladigan dum qismiga ega. Uning uchish masofasi 75 kilometrgacha yetishi mumkin.

 

Kelishuv bo‘yicha bosh pudratchi sifatida Boeing ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga qariyb 750 million dollarga AGT-1500 dvigatellarini sotish imkoniyatini ham ma’qullagan. Mazkur mahsulotlarni Honeywell yetkazib berishi ko‘zda tutilgan.

 

Biroq JDAM-ER o‘q-dorilarini Saudiya Arabistoniga sotish bo‘yicha kelishuv hali yakuniy kuchga kirgani yo‘q. AQSh Davlat departamenti bu haqda Kongressni xabardor qilgan va bitim qonunchilar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.