Jahon

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda


 
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni qayta jonlantirish uchun maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerni ikki davlatga yubormoqda. Ular Rossiya va Ukraina rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.


 
Uitkoff va Kushner avval Moskvaga borib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi, shundan so‘ng Kiyevga yo‘l olishi kutilmoqda. Bu Uitkoff va Kushnerning AQShning Tramp ma’muriyati davrida Ukrainaga ilk tashrifi bo‘ladi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaga safar 5-sentabr, Kiyevga tashrif esa 6-sentabrga rejalashtirilgan.


 
Tramp muzokaralar uchun “aniq taklif” mavjudligini bildirgan, biroq uning mazmuni haqida batafsil ma’lumot bermagan. Uitkoff avval ham Rossiyaga bir necha bor borib, Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan. Kushner esa Tramp ma’muriyatining diplomatik sa’y-harakatlarida faol ishtirok etib kelmoqda.


 
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh vakillarining Kiyevga tashrifini tasdiqlagan. U muzokaralarni mazmunli va amaliy o‘tkazish muhimligini ta’kidlab, Rossiyani ham uchrashuvlar vaqtida havo hujumlarini to‘xtatishga chaqirgan.


 
“Biz tomondan havo hujumlari bo‘lmaydi, Rossiya ham muzokaralar davomida o‘z hujumlarini to‘xtatishi kerak”, degan Zelenskiy.


 
Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududining katta qismini topshirish, NATOga qo‘shilish rejasidan voz kechish va Ukraina armiyasi salohiyatini keskin qisqartirish kabi talablarini o‘zgartirmagan.


 
AQShning yangi diplomatik tashabbusi urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan. Biroq tomonlarning asosiy talablarida hozircha sezilarli yaqinlashuv kuzatilmagan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.