Jahon

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

 

Ukraina Qurolli Kuchlariga 5-sentyabr soat 00:00 dan 8-sentyabr soat 23:59 gacha aloqa chizig‘i bo‘ylab sulhga rioya qilish buyurilgani haqida xabar berildi. Bu haqda “Ukrainska Pravda” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar qilgan.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uch kunlik sulh quruqlik, havo va dengizdagi harbiy harakatlarga taalluqli bo‘ladi. Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko ham Ukraina Qurolli Kuchlari tegishli buyruq olganini ma’lum qilgan.

 

Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik muzokarachilar mamlakatda bo‘ladigan davrda Rossiya hududiga havo hujumlarini to‘xtatish haqida bayonot bergan edi.

 

AQSh prezidentining maxsus elchilari Stiv Vitkoff va Jared Kushnerning 5–6 sentyabr kunlari Moskva va Kiyevga tashrif buyurishi kutilmoqda. AQSh tomoni mazkur tashriflar doirasida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal etish bo‘yicha tashabbuslarni muhokama qilishni rejalashtirayotgani aytilgan.

 

Shu bilan birga, sulhning joriy etilishi yuzasidan dastlab rasmiy tasdiq bo‘lmagani haqida ham xabarlar berilgan. Rossiya tomoni esa Zelenskiyning avvalgi sulh tashabbuslarini tanqid qilib, ularni mojaroni to‘liq hal etishga qaratilmagan deb baholagan.

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukraina bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini yana bir bor bildirgan.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

“Yana ikkita urushni tugatishga yaqinmiz” — Tramp

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

To‘rt yillik sukunatdan keyin ziddiyat kuchaydi: Ar-Riyodda portlashlar eshitildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar uchirgan ballistik raketani urib tushirgan.

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda 7 magnitudali zilzila: kamida 16 kishi halok bo‘ldi

339 ta oilaning uyi vayron bo‘lgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.