Jahon

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya 2027-yilgacha boshpana olish haqidagi arizasi rad etilgan ayrim migrantlarni Yevropa Ittifoqidan tashqarida tashkil etiladigan “qaytarish markazlari”ga yuborish tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Besh davlat bu borada umumiy modelni ishlab chiqishga kelishib oldi.

 

Bu haqda 4-sentyabr kuni Kopengagenda bo‘lib o‘tgan besh davlat ichki ishlar va migratsiya masalalari vazirlari uchrashuvi yakunida ma’lum qilindi.

 

“Qaytarish markazlari” kelib chiqish mamlakatiga qaytarishning imkoni bo‘lmagan va boshpana so‘rovi rad etilgan migrantlarni joylashtirish uchun mo‘ljallanadi. Bunday markazlarni YIga kirmaydigan bir yoki bir nechta hamkor davlat hududida tashkil etish rejalashtirilmoqda. Hozircha qaysi davlatlar bilan muzokara olib borilayotgani oshkor qilinmagan.

 

Daniya migratsiya va integratsiya vaziri Morten Bodskovning aytishicha, tomonlar 2027-yil davomida dastlabki migrantlarni YI tashqarisidagi hamkor davlatga yuborishga tayyor bo‘lishni maqsad qilgan.

 

Besh davlat markazlarni moliyalashtirishi, hamkor mamlakatlarga qo‘shimcha mablag‘, tijoriy kelishuvlar yoki boshqa rag‘batlantirish choralarini taklif qilishi mumkin. Tizim YI qonunchiligi va xalqaro majburiyatlarga muvofiq ravishda, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Tashabbus tarafdorlari yangi tizim noqonuniy migratsiyani kamaytirish va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhlar faoliyatiga zarba berishga yordam berishini ta’kidlamoqda.

 

Biroq loyiha inson huquqlari bilan bog‘liq xavotirlarni ham keltirib chiqarmoqda. Huquq himoyachilari migrantlarni YI hududidan tashqaridagi markazlarga yuborish ularning huquqiy himoyasi va boshpana olish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

 

Besh davlat vakillari sentyabr oxirida Myunxenda yana uchrashib, loyiha bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.