O'zbekiston

Toshkentda kuryerni haqoratlagan qorovul 10 sutkaga qamaldi

Sud qorovulni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan aybdor deb topdi.

Toshkentda kuryerni haqoratlagan qorovul 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda qorovulning yetkazib berish xodimi bilan janjallashib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani va haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi.

 

Yunusobod tumanlararo sudida mazkur ish ko‘rib chiqilib, qorovulga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Sud majlisida tomonlarning bayonotlari tinglandi. Ish materiallariga ko‘ra, yetkazib beruvchi navbatdagi buyurtmani topshirish uchun ko‘rsatilgan manzilga borgan. Qo‘riqchi esa kuryerga mijozga qo‘ng‘iroq qilib, buyurtmani olish uchun pastga tushishini so‘rashini aytgan.

 

Yetkazib beruvchining aytishicha, mijoz buyurtmani olish uchun tushgan va shu vaqt davomida qorovul uni haqorat qilgan, uning boshidan kepkasini olib, qaytarib bermagan hamda qo‘pol muomalada bo‘lgan.

 

Qorovul esa kuryer binoga kirish tartibini buzganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuryer yashovchilar bilan birga kirib ketgan va ogohlantirishlarga qaramay, binoga kirishga uringan. Mojaro davomida u kuryerni haqorat qilganini tan olgan.

 

Sudda kuryerning vazifasi buyurtmani manzilgacha yetkazish, qorovulning vazifasi esa begona shaxslarning binoga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik ekani qayd etilgan. Biroq qorovulning vaziyatni nazorat qila olmagani va o‘z vakolatini suiiste’mol qilgani huquqiy baholashga sabab bo‘lgan.

 

Sud qorovulni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.