Jahon

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi


AQSH prezidenti Donald Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyning AQSHga tegishli ekanini taʼkidlovchi postlar eʼlon qildi.



Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Hurmuz bo‘g‘ozi suratini «Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi» degan yozuv bilan joylashtirdi. Shu tariqa u bo‘g‘ozni AQSH hududi sifatida ko‘rsatgan.



Avvalroq Tramp Hurmuz bo‘g‘ozini o‘z sharafiga «Tramp bo‘g‘ozi» deb qayta nomlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirgan edi. Shuningdek, u Eron Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yo‘qotgani va hudud hozir AQSH nazoratida ekanini aytgan.



AQSH rasmiylari bo‘g‘ozning katta qismi minalardan tozalangani va so‘nggi haftalarda uning janubiy qismidan tankerlar o‘tishi ko‘payganini taʼkidlagan. Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘arib-Obodiy esa AQSHning bu boradagi daʼvolarini «tashviqot yolg‘oni» deb atagan.



Bundan tashqari, Tramp Truth Social‘da Oy suratini «Oy bizniki» degan yozuv va Amerika bayrog‘i bilan eʼlon qilgan. Shu orqali u Oyni ham AQSHga tegishli sifatida ko‘rsatgan.



Trampning ushbu postlarini eʼlon qilishiga sabab hozircha maʼlum emas.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.