Siyosat

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

 

Belgraddagi Serbiya saroyida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentining Belgradga ilk tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berishini ta’kidladi. Siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlar faollashayotgani qayd etildi.

 

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. O‘zaro savdo hajmini oshirish, Erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish, standartlashtirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

 

Transport va logistika, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot hamda raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Avtomobil qismlari, uskunalar, elektr texnika va elektronika ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

 

Shuningdek, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi.

 

Hududlararo aloqalarni mustahkamlash masalasida Samarqand viloyati va Voyevodina, shuningdek, Samarqand va Novi-Sad shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilgani ijobiy baholandi.

 

Gumanitar hamkorlik doirasida ta’lim, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Xususan, madaniyat kunlari, kino, teatr va musiqa festivallarini birgalikda o‘tkazish, sport federatsiyalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

 

Tomonlar tartibli mehnat migratsiyasi masalasini ham muhokama qildilar. Tashrif doirasida Mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risidagi bitim qabul qilingani olqishlandi.

 

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.