Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

 

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida O‘zbekiston davlat rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.

 

Oliy martabali mehmonlarni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Birinchi xonim Tamara Vuchich, Xalq majlisi Raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Duro Matsut va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va Serbiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga Belgraddagi “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.