O'zbekiston

Yangi Toshkentda qurilish mahsulotlari yonib ketdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yangi Toshkentda qurilish mahsulotlari yonib ketdi

 

Bugun, 8-sentabr kuni Yangi Toshkent tumani hududidagi qurilish obyektining yuqori qismida qurilish mahsulotlari yonayotgani haqida 112 tizimi orqali Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni soat 15:40 da to‘liq o‘chirgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.