O'zbekiston

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

O‘zbekistonda 77 ta qattiq maishiy chiqindi poligonida chiqindilarni saralash xizmatini tashkil etish uchun tanlovlar e’lon qilindi.

 

Tanlovlar Chiqindilarni boshqarish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan davlat xaridlarining elektron platformasiga joylashtirilgan.

 

Lotlar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 

  • Buxoro viloyati — 8 ta;
  • Jizzax viloyati — 11 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 4 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 ta;
  • Navoiy viloyati — 7 ta;
  • Namangan viloyati — 6 ta;
  • Samarqand viloyati — 2 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 6 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 2 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 6 ta;
  • Xorazm viloyati — 9 ta;
  • Andijon viloyati — 8 ta;
  • Toshkent viloyati — 6 ta.

 

Tanlovlar orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish, ikkilamchi xomashyodan samarali foydalanish hamda qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son hamda 2025-yil 24-martdagi 56-son farmonlarida chiqindilarni saralash va qayta ishlash jarayonlariga xorijiy hamda mahalliy investorlarni jalb etish, shuningdek, chiqindilarni saralash faoliyatini amalga oshiruvchi investorlarni belgilangan tartibda tanlab olish vazifalari belgilangan.

 

Agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan hududiy boshqarmalarga chiqindi poligonlarida saralash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ham tasdiqlangan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.