O'zbekiston

Olmazorda 400 o‘rinli texnikum va yangi kasb-hunar markazi tashkil etiladi

Shuningdek, xorijda ishlash uchun fuqarolarni maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Olmazorda 400 o‘rinli texnikum va yangi kasb-hunar markazi tashkil etiladi

Olmazor tumanida mehnat bozori talabi va kadrlar tayyorlash tizimini uyg‘unlashtirish maqsadida yangi ta’lim va kasbga o‘qitish markazlari tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda tumandagi ish beruvchilarga 4 mingdan ziyod o‘rta maxsus ma’lumotli hamda qariyb 1 ming nafar maxsus ma’lumot talab etilmaydigan yo‘nalishlarda ishchi kuchi kerak.

 

Shu sababli Olmazor kasbiy ko‘nikmalar markazi negizida axborot texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalar bo‘yicha 400 o‘rinli texnikum tashkil etiladi. Shuningdek, sobiq Toshkent arxitektura-qurilish kolleji binosida zamonaviy kasb-hunar markazi ochiladi. Boshqa mavjud binolardan ham aholini kasbga o‘qitish uchun samarali foydalanish belgilandi.

 

Xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni maqsadli tayyorlash uchun Germaniyaning xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 500 kishiga mo‘ljallangan nemis tili kurslari tashkil etiladi. 

 

Shuningdek, Chexiya va Slovakiya mehnat bozori uchun tibbiyot xodimlarini tayyorlash rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, Germaniya, Yaponiya, Koreya va Buyuk Britaniyadan 20 ta yirik rekruting kompaniyasi jalb qilinadi. Fransiya kompaniyalari bilan hamkorlikda esa yiliga 1,5 ming nafar fuqaroni mavsumiy ishlarga joylashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

 

Yoshlar shaharchasida 42 gektar maydonda IT-park, yuqori texnologiyali sanoat va ta’lim obyektlarini birlashtirgan innovatsion klaster tashkil etish ishlari ham yil yakuniga qadar boshlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.