O'zbekiston

Toshkentda tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 200 mln so‘mgacha oshiriladi

Shuningdek, Miskin va Ibrohim ota mahallalari hududidagi 305 gektarlik sanoat zonasining salohiyati ham ko‘rib chiqildi.

Toshkentda tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 200 mln so‘mgacha oshiriladi

Toshkent shahrida biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 100 million so‘mdan 200 million so‘mga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda mahallalarda kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarini savdo va servis faoliyatiga moslashtirish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi belgilandi.

 

Olmazor tumanida mazkur imkoniyatlardan foydalanib, joriy yilning o‘zida 300 nafar yangi tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va 1 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Ushbu tajribani poytaxtning boshqa tumanlariga ham kengaytirib, yil yakunigacha 20 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

 

Yig‘ilishda Miskin va Ibrohim ota mahallalari hududidagi 305 gektarlik sanoat zonasining salohiyati ham ko‘rib chiqildi. Hozir bu yerda 504 ta tadbirkorlik obyekti faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati bir-ikki qavatli binolarda joylashgani sababli hududning iqtisodiy imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etildi.

 

Sanoat zonasida ish o‘rinlari sonini hozirgi 35 mingdan 100 mingtagacha, eksport hajmini esa 600 million dollargacha yetkazish imkoniyati mavjud.

 

Buning uchun tadbirkorlarga sanoat ipotekasi, kredit va lizing kabi moliyaviy instrumentlarni taklif etish hamda sanoat hududida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan yangi loyihalarni boshlash belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.