O'zbekiston

Yo‘lovchilar to‘la avtobus ag‘darildi: Jizzaxdagi hodisa tafsilotlari

Hodisa oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, halok bo‘lganlar yo‘q.

Yo‘lovchilar to‘la avtobus ag‘darildi: Jizzaxdagi hodisa tafsilotlari



Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus ag‘darildi.



Viloyat YHXB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hodisa 11 sentyabr kuni soat 08:30 larda M-39 “Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 986-kilometrida sodir bo‘lgan.



Qayd etilishicha, “Yutong” rusumli avtobus yo‘lning belgilangan joyidan qayrilayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan “Shacman” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darilgan.



Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Avtobusdagi ayrim yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.



Hodisa yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida “Howo” rusumli yuk mashinasining yarim tirkamasi xonadon devoriga borib urilgani haqida xabar berilgan edi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.