Jahon

Istanbuldagi dahshatli jinoyat: qotillar umrbodga qamaldi

Ular marhumalarning o‘limidan foydalanib, turar joyda o‘g‘rilik qilganlikda ham aybdor deb topildi.

Istanbuldagi dahshatli jinoyat: qotillar umrbodga qamaldi

Istanbulda D. Hakimova va S. Ergashaliyevani o‘ldirib, jasadlarini bo‘laklarga ajratgan ikki O‘zbekiston fuqarosiga sud hukmi o‘qildi.

 

Anadolu 17-og‘ir jinoyatlar sudi D. Turdimurotov va G‘. Kamolxo‘jayevning har biriga ikki martadan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi tayinladi. Shuningdek, ular marhumalarning o‘limidan foydalanib, turar joyda o‘g‘rilik qilganlikda aybdor deb topilib, bu jinoyat uchun ham ikki martadan 7-yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 23-yanvar kuni S. Ergashaliyeva Istanbulning Umraniye tumanidagi uyda pichoq bilan o‘ldirilgan. Keyinchalik D. Hakimova ham shu uyda o‘ldirilgan.

 

Xavfsizlik kameralaridagi yozuvlarda sudlanuvchilarning uydan bir necha bor qora chiqindi paketlari va oq jamadon bilan chiqqani qayd etilgan. Tergov davomida jasad bo‘laklari Istanbulning turli tumanlaridagi chiqindi konteynerlariga tashlangani aniqlangan.

 

Sudda G‘. Kamolxo‘jayev S. Ergashaliyevani yolg‘iz o‘zi o‘ldirganini, D. Hakimovani esa o‘ldirmaganini aytdi. D. Turdimurotov esa faqat D. Hakimovani «nomus masalasi» sababli o‘ldirganini tan olib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi.

 

Prokuror har ikki sudlanuvchiga ikki martadan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq hamda o‘g‘rilik jinoyati uchun ikki martadan 7-yil qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan.

 

Sud hay’ati prokurorning talabini qanoatlantirib, har ikki sudlanuvchiga ikki martadan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq va ikki martadan 7-yil qamoq jazosi tayinladi.

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish besh baravar ko‘paydi — BMT

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish besh baravar ko‘paydi — BMT

Hozir mamlakatning 34 ta viloyatidan 16 tasida ko‘knori yetishtirilmoqda.

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya dron Yaman hududidan uchirilganini bildirdi, husiylar esa hujumga aloqadorligini rad etdi.

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

AQSh harbiy rahbariyati Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etgan.

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.