Jinoyat

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirganlikda ayblangan shaxslarga umrbod qamoq jazosi so‘raldi

Ular Sayyora Ergashaliyevaning jasadini turli chiqindi konteynerlariga tashlagan. Marhumaning jasadi hamon topilmagan.

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirganlikda ayblangan shaxslarga umrbod qamoq jazosi so‘raldi

Turkiyaning Istanbul shahrida Sayyora Ergashaliyeva va Durdona Hakimovaning vahshiylarcha o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov yakunlandi. Bu haqda DHA xabar berdi.

 

Prokuratura qotillikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari — 31 yoshli Dilshod Turdimurotov va 29 yoshli G‘ofurjon Kamolxo‘jayevga nisbatan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi tayinlanishini talab qildi.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, voqealar 2026-yil yanvar oyida Istanbulning Umroniya tumanidagi ijarada uyda sodir bo‘lgan.

 

32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva 2025-yil dekabr oyida ishlash maqsadida O‘zbekistondan Turkiyaga kelgan. 23-yanvardan keyin esa uning yaqinlari u bilan bog‘lana olmagan. Oradan bir kun o‘tib, Istanbulning Shishli tumanidagi chiqindi konteyneridan boshqa bir o‘zbekistonlik ayol — Durdona Hakimovaning bo‘laklangan jasadi topilgan.

 

Politsiya kuzatuv kameralarini tekshirish davomida Durdona yashagan uyga Sayyora kirganini, oradan ko‘p o‘tmay esa Dilshod Turdimurotov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayev ham uyga kirganini aniqlagan. Ertasi kuni olingan tasvirlarda esa gumonlanuvchilar bir necha bor qora chiqindi qoplari bilan uydan chiqib ketgani, keyinroq esa oq rangli jamadon olib chiqqani aks etgan.

 

Tergovchilarga ko‘ra, gumonlanuvchilar taksida Fatih tumaniga borib, jasad qismlarini turli chiqindi konteynerlariga tashlagan. Shundan keyin ular Yenikapi Marmaray bekati tomon yo‘l olgan.

 

So‘roq davomida ma’lum bo‘lishicha, Durdona Hakimova qotilligidan avval Sayyora Ergashaliyeva ham o‘ldirilgan. Gumonlanuvchilarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, ular Sayyorani avval pichoq bilan o‘ldirib, keyin jasadni bo‘laklarga ajratgan.

 

G‘ofurjon Kamolxo‘jayev tergovdagi ko‘rsatmasida qotillik oldindan rejalashtirilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Sayyora va Durdonani “or-nomus masalasi” sabab o‘ldirishga qaror qilgan.

 

Uning aytishicha, Sayyora Ergashaliyeva onasini haqorat qilgani sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Kamolxo‘jayev aynan shu mojaro ortidan Dilshod Turdimurotov bilan birga qotillikni oldindan rejalashtirganini bildirgan. Shu bilan birga, tergov materiallarida ular o‘rtasida pul va shaxsiy munosabatlar sababli ham ziddiyatlar bo‘lgani qayd etilgan.

 

Kamolxo‘jayevning aytishicha, voqea kuni uyda faqat Sayyora bo‘lgan. U bilan janjal kelib chiqqach, Dilshod Turdimurotov Sayyoraga bir necha marta pichoq urgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, gumonlanuvchilar dastlab jasadni uyda qoldirib ketishni rejalashtirgan. Biroq uyga boshqa odamlar kelib qolishi sababli ular murdani bo‘laklarga bo‘lishga qaror qilgan. Tana qismlari qora paketlarga joylashtirilib, keyinchalik Istanbulning turli hududlaridagi chiqindi konteynerlariga tashlangan.

 

Shuningdek, tergov davomida Durdona Hakimova Sayyora Ergashaliyevaning telefonidan yuborilgan xabar orqali uchrashuvga chaqirilgani aniqlangan. 

 

Ayblovga ko‘ra, gumonlanuvchilar keyinchalik Durdonani ham o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga ajratgan.

 

Dilshod Turdimurotov esa ko‘rsatmasida qotillikni bevosita sodir etmaganini bildirgan. Uning aytishicha, u xonaga kirganida Sayyora allaqachon qonga belangan holda yotgan bo‘lgan, G‘ofurjonning qo‘lida esa pichoq bo‘lgan. U voqea vaqtida giyohvand modda ta’sirida bo‘lganini ham aytgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ikki gumonlanuvchi ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekistonliklar guruhlari orqali tanishgan va bir muddat kiyim-kechak hamda atir savdosi bilan shug‘ullangan.

 

Turkiya prokuraturasi ularga nisbatan “qasddan vahshiylarcha odam o‘ldirish” hamda “marhumning o‘limidan foydalanib o‘g‘rilik qilish” moddalarini qo‘llagan. Agar ayblov xulosasi sud tomonidan tasdiqlansa, gumonlanuvchilar Istanbul Onadolu Og‘ir jinoyatlar sudida javob beradi.

 

Sayyora Ergashaliyevaning jasadi hanuz topilmagan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirganlikda ayblangan shaxslarga umrbod qamoq jazosi so‘raldi | Zamon.uz