O'zbekiston

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada yomonlashuvi, xususan, Saudiya Arabistoni hududiga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari orqali amalga oshirilgan hujumlardan chuqur xavotir bildirdi.

 

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

 

TIV xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qat’iy rioya etilishi zarurligini ta’kidladi.

 

Vazirlikka ko‘ra, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar faqat siyosiy-diplomatik vositalar, muloqot va o‘zaro hurmat asosida bartaraf etilishi lozim.

 

O‘zbekiston BMT va mintaqa davlatlarining Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda barqaror tinchlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Prezident bugun Buxoroga boradi

Prezident bugun Buxoroga boradi

Davlat rahbari tashrif davomida tarixiy meros, turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi.

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

Toshkentda qozog‘istonlik futbol festivali ishtirokchilari zaharlandi: 17 kishi shifoxonada

11 bola va 6 katta yoshli kishi oziq-ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Farg‘onada Departament tergovchisi pora olganlikda gumonlanmoqda.

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

100 va 200 ming so‘mlik soxta kupyuralar: Angrenda qalbaki pul tayyorlovchilar qo‘lga olindi

Ushbu shaxslar muqaddam sudlangan bo‘lgan.

Poytaxtda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: asosiy sabablar ma’lum qilindi

Poytaxtda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: asosiy sabablar ma’lum qilindi

3-noyabrga o‘tar kechasi Toshkentda havo ifloslanishi kuchayishi mumkin.

Narkotik savdosi: transmilliy jinoiy uyushma a’zolari ushlandi

Narkotik savdosi: transmilliy jinoiy uyushma a’zolari ushlandi

Qo‘lga olingan shaxslar bir yildan buyon O‘zbekiston hududida giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.