Jahon

Filippindagi parom yong‘ini: qurbonlar soni 76 nafarga yetdi

Paromdan yana 41 kishining jasadi topildi, 13 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

Filippindagi parom yong‘ini: qurbonlar soni 76 nafarga yetdi

Filippin qirg‘oq xavfsizligi xizmati M/V June Aster paromidan yana 41 kishining jasadi topilganini ma’lum qildi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 nafarga yetgan, 13 kishi esa hanuz bedarak yo‘qolgan.

 

M/V June Aster paromi chorshanba kuni kechqurun Maniladan Koron shahri tomon yo‘l olgan. Kema Palavan provinsiyasidagi Koron portiga yetib kelishiga 2,2 kilometr qolganida uning quyi palubalarida yong‘in chiqqan. Parom bortida jami 132 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zosi bo‘lgan. Yong‘in boshlanganidan so‘ng qutqaruvchilar suvdan 43 nafar tirik qolgan kishini olib chiqqan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, omon qolganlar yong‘in boshlanishidan oldin ketma-ket portlashlar ovozini eshitganini bildirgan. Shundan so‘ng alanga yo‘lovchilar joylashgan hududlarga tez tarqalgan. Rasmiylar bunga shamol ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

 

Ayrim yo‘lovchilar yong‘inni ko‘rgach, suvga sakragan va qutqaruv jiletlarini olishga ulgurmagan.

 

Hozirda sud-tibbiy ekspertlar va politsiya halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun ularning shaxsiy buyumlari hamda DNK tahlillaridan foydalanmoqda.

 

Shuningdek, kemadagi xavfsizlik choralariga rioya qilingani va falokatning dastlabki daqiqalarida kapitan qanday harakat qilgani yuzasidan rasmiy tekshiruv olib borilmoqda.

 

Parom operatori "Atienza Interisland Ferries" kompaniyasi tergovda to‘liq hamkorlik qilishini hamda jabrlanganlar oilalariga turar joy, transport va tibbiy yordam ko‘rsatishini bildirgan.

 

Avvalroq yongan paromdan 30 kishining jasadi topilib hodisada halok bo‘lganlar soni jami 35 nafarni tashkil qilgandi.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.