O'zbekiston

Filippinda paromdagi yong‘inda 35 kishi halok bo‘ldi

Yongan paromdan 30 kishining jasadi topildi. Qutqaruvchilar kemaga kirib, qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Filippinda paromdagi yong‘inda 35 kishi halok bo‘ldi

Filippinda yongan paromdan 30 kishining jasadi topildi. Shu bilan hodisada halok bo‘lganlar soni 35 nafarga yetdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

Qutqaruvchilar kuchli tutun va yuqori harorat sabab bir necha kun kira olmagan kemaga yong‘in o‘chirilgach, ilk bor kirgan. Hodisa joyidan 30 kishining jasadi olib chiqilgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, paromda yong‘in chiqqan vaqtda 130 nafardan ortiq odam bo‘lgan. Juma kuni ertalab 43 kishi qutqarilgani, 84 kishi esa bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan.

 

Sohil qo‘riqlash xizmati tarqatgan suratlarda parom ichidagi yotoq joylari butunlay yonib, metall va kulga aylangani ko‘rinadi. Ayrim suratlarda kuygan qoldiqlar orasidan inson skeletiga o‘xshash qoldiqlar ham aks etgan.

 

Omon qolgan yo‘lovchilardan biri yong‘in dastlab oz miqdordagi tutundan boshlanganini, biroq bir necha soniya ichida kuchli alangaga aylanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u va boshqa yo‘lovchilar qutqarilguniga qadar qariyb ikki soat dengizda suzib turgan.

 

Yong‘in sababi hozircha aniqlanmagan. Filippin Dengiz sanoati boshqarmasi tirik qolganlarning ko‘rsatmalariga tayanib, kemada ketma-ket ikkita portlash ovozi eshitilgani va shundan keyin yong‘in boshlanganini bildirdi.

 

330 kishiga mo‘ljallangan parom 20 soatdan ortiq davom etgan safar yakuniga yaqinlashib, shimoliy Palavan provinsiyasidagi mashhur sayyohlik maskani Koron tomon ketayotgan bo‘lgan. Kemada beshta mototsikl, elektromobil, forklift, pikap va boshqa yuklar ham bo‘lgan.

 

Hodisa Filippinda so‘nggi davrdagi navbatdagi yirik dengiz fojiasi bo‘ldi. Yanvar oyida 300 nafardan ortiq odam bo‘lgan yo‘lovchi kemasi mamlakat janubidagi Sulu provinsiyasi tomon yo‘lda cho‘kib ketgan va 60 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.