Jinoyat

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyati IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida jinoiy guruh fosh etildi.

 

Aniqlanishicha, guruh a’zolari internet tarmoqlarida “foizsiz kredit olib beramiz” mazmunidagi e’lonlarni joylashtirib, taklifga qiziqqan fuqarolarni oldindan ijaraga olingan hashamatli ofislarga chaqirgan.

 

Ular fuqarolarga o‘z nomlariga kredit rasmiylashtirib berishni taklif qilgan. Masalan, 100 million so‘mlik kreditning 50 million so‘mi fuqaroga berilishi, qolgan 50 million so‘mi esa kompaniyada qolishi, kreditning oylik to‘lovlarini esa guruh a’zolari o‘zlari to‘lab borishini va’da qilgan.

 

Bu va’dalarga ishongan fuqarolar o‘z telefonlari orqali kredit rasmiylashtirgan. Natijada 400 nafardan ortiq fuqaroning nomiga kreditlar olingan va ajratilgan mablag‘larning teng yarmi firibgarlar tomonidan o‘zlashtirilgan. O‘zlashtirilgan mablag‘larning umumiy miqdori qariyb 17 milliard so‘mni tashkil etgan. Oradan vaqt o‘tib, fuqarolarga banklar tomonidan kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha talabnomalar yuborila boshlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv va tezkor tadbirlar davomida guruhning olti nafar a’zosi gumonlanuvchi tariqasida ushlanib, qamoqqa olingan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

 

IIBB fuqarolarni internetdagi “foizsiz kredit”, “juda kam foizli kredit” yoki “hujjatsiz kredit” kabi shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqirdi.

 

Shuningdek, kredit boshqa shaxs tomonidan to‘lab borilishi haqidagi va’dalarga aldanmaslik kerakligi ta’kidlandi. Chunki kredit fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bank oldidagi majburiyat ham uning zimmasida qoladi.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.