Jahon

Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun 7 ta shart: Eron AQShdan javob kutmoqda

Ushbu shartlar Eronning yuqori martabali vakillari tomonidan ma’qullangan.

Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun 7 ta shart: Eron AQShdan javob kutmoqda

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish masalasida AQShga yetti shartni taqdim etdi. Tehron mazkur talablar bajarilmaguncha bo‘g‘oz yopiq qolishini bildirgan. Bu haqda Tasnim agentligiga tayanib, Media.az xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, Eron vositachilar orqali AQSh tomoniga Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun yetti shartni yetkazgan. Ushbu shartlar Eronning yuqori martabali vakillari tomonidan ma’qullangan.

 

«Ushbu yetti shart bajarilmaguncha, Hormuz bo‘g‘ozi yopiq qoladi. Shu sababli Eron va Ummon o‘rtasidagi kelishuv bo‘g‘ozning ochilishini anglatmaydi», — degan manba.

 

Uning ta’kidlashicha, Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi to‘liq Vashingtonning keyingi harakatlariga bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"