Jahon

Rossiya poyezdga zarba berdi: Yevropaning yuqori martabali amaldorlari hudud yaqinida bo‘lgan

Boris Jonson, Germaniya kansleri maslahatchisi Gyunter Zautter va Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri Karl Bildt Ukrainadan qaytayotgan bo‘lgan.

Rossiya poyezdga zarba berdi: Yevropaning yuqori martabali amaldorlari hudud yaqinida bo‘lgan

13-sentyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Polsha chegarasidan bir necha kilometr uzoqlikda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi lokomotiviga dron bilan zarba berdi. Hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan.

 

Ukraina temir yo‘llari ma’lumotiga ko‘ra, poyezd brigadasi hujum xavfi haqida oldindan ogohlantirilgan. Poyezd to‘xtatilgan va yo‘lovchilar evakuatsiyaga tayyorlangan.

 

Der Spiegel nashrining yozishicha, hujumga uchragan poyezd yaqinida Ukrainadan Polshaga yo‘l olayotgan maxsus temir yo‘l tarkibi ham bo‘lgan. Unda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson hamda Germaniya kansleri Fridrix Merzning yaqin maslahatchilaridan biri Gyunter Zautter bo‘lgan.

 

Xavf bekor qilingach, poyezdlar harakatini davom ettirgan.

 

Ukrainadan temir yo‘l orqali qaytayotgan Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri Karl Bildt ham Polsha chegarasi yaqinidagi hujum aks etgan videoni X ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi.

 

“Bu bizning poyezdimiz emas edi, u bizdan bir necha daqiqa keyin chegaradagi o‘tish punktidan o‘tgan poyezd edi”, — deb yozdi Bildt.

 

U Ukraina temir yo‘llarida yo‘lga qo‘yilgan xavfsizlik tizimi qurbonlarning oldini olishga yordam berganini ta’kidladi.

 

11–12-sentyabr kunlari Kiyevda YES (Yalta European Strategy) konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropaning qator siyosatchilari ham qatnashgan.

 

Dron poyezdga va Ukraina-Polsha chegarasi yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchasiga hujum qilganidan so‘ng Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Yevropa davlatlarini Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirishga chaqirdi.

 

“Rossiyalik varvarlar allaqachon ostonangizda, aziz hamkorlar”, — dedi Sibiga.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.