Jahon

Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi — The Telegraph

Hukumat rahbarlari Buyuk Britaniyadan mustaqillik masalasini muhokama qilish uchun Kardiffda yig‘iladi.

Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi — The Telegraph

Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya hukumati rahbarlari Buyuk Britaniyadan mustaqillik masalasini muhokama qilish uchun Kardiffda uchrashadi. Sammitda uch hududning mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazish huquqi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolanishi kutilmoqda.

 

The Telegraph yozishicha, tomonlar mustaqillik tarafdori kuchlarning hamkorligini kuchaytirish va kelgusidagi harakatlarni muhokama qiladi.

 

Uchrashuv Buyuk Britaniyada Shotlandiyaning mustaqilligi va Shimoliy Irlandiyaning Irlandiya Respublikasi bilan birlashishi haqidagi munozaralar kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Shotlandiya birinchi vaziri Jon Svinni Buyuk Britaniyaning amaldagi siyosiy tuzumi barqaror emasligini aytdi. Uning fikricha, Vestminster mamlakat kelajagi bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlarga tayyorlanishi kerak.

 

Sammit Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernxemning Shotlandiyada yana bir mustaqillik referendumini o‘tkazish ehtimoli haqidagi bayonotidan bir necha kun o‘tib o‘tkazilmoqda. U referendumni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “aniq konsensus” shakllansa, bunday ovoz berishga ruxsat berilishi mumkinligini bildirgan.

 

Bundan ikki kun avval AQSH prezidenti Donald Tramp ham Shimoliy Irlandiyaning Irlandiya Respublikasi bilan birlashishi haqida fikr bildirgan. U bunday birlashuvni “ajoyib narsa” deb atagan.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.