O'zbekiston

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Marosimda uyushmaga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi.

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qiz jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Atirgul” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tanlov jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning kasbiy mahorati, ijodiy izlanishlari va jamiyat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

 

 

Ko‘rik-tanlovning 12 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi. Ishtirokchilarning ijodiy ishlari mazmuni, dolzarbligi, kasbiy mahorati va yangicha yondashuvi asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

 

 

Tadbir davomida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga a’zolik guvohnomalari ham topshirildi.

 

 

Tashkilotchilarga ko‘ra, “Atirgul” tanlovi ayol jurnalistlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda kasbiy hamkorlik va tajriba almashish uchun imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

 

 

Bugungi kunda jurnalistika tezkorlik bilan bir qatorda chuqur tahlil, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va yangi ijodiy yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tanlov xotin-qiz jurnalistlarning ushbu yo‘nalishlardagi ishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan.

 

Taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari va yangi uyushma a’zolariga muvaffaqiyat tilaklari bildirildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.