Jahon

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Saudiya Arabistoni Yamandagi husiylarning qirollik hududiga raketa va dronlar orqali uyushtirgan hujumlariga “qat’iy” javob qaytarishini ma’lum qildi. Hujumlar oqibatida uchta shaharda 13 nafar fuqaro jarohatlangan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya vakili Turki al-Malikiy hujumlar Xamis Mushayt, Abha va Toif shaharlarida sodir bo‘lganini, yetti uy va ikki avtomobilga zarar yetganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koalitsiya qirollik suverenitetini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘radi.

 

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, oy boshidan buyon Yamandagi janglar sabab kamida 18 ming xonadon yoki 125 ming kishi o‘z uylarini tark etgan. Tashkilot jangovar harakatlar tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini oshirayotgani va gumanitar operatsiyalarga bosimni kuchaytirayotganini bildirgan.

 

Husiylar esa so‘nggi 24 soat ichida Saudiya Arabistoni Yaman hududiga 54 ta havo zarbasi berganini da’vo qildi. Guruhga ko‘ra, zarbalar Lahj, Taiz, al-Javf, Ma’rib va Hajjah viloyatlariga qaratilgan.

 

Husiylarning harbiy vakili Yahyo Sari Saudiya Arabistonining Xamis Mushayt va Toifdagi aviabazalaridan F-15 hamda Typhoon qiruvchi samolyotlari hujumlarda foydalanilganini aytdi. 

 

Husiylarga yaqin OAV esa Saudiya zarbalari Taiz viloyatida uch nafar tinch aholi, jumladan ikki bola halok bo‘lgani va yana kamida ikki kishi yaralanganini xabar qildi.

 

Saudiya Arabistoni bu da’volarga hozircha rasman izoh bermagan.

 

Husiylar avvalroq Saudiya Arabistonining Xamis Mushaytdagi Qirol Xolid aviabazasiga o‘nlab raketa va dronlar uchirilganini ma’lum qilgan. Guruh hujumlarni Saudiya Arabistonining Yaman hududidagi havo zarbalariga javob sifatida amalga oshirganini bildirgan.

 

Tomonlar o‘rtasidagi havo hujumlari husiylarning o‘tgan hafta Yamanning g‘arbiy qismida tezkor ravishda oldinga siljishi ortidan kuchaydi. Guruh Qizil dengiz sohilining katta qismi ustidan nazorat o‘rnatib, Bob al-Mandab bo‘g‘oziga yaqin hududlar tomon ilgarilagan.

 

Yaman hukumatiga qarashli kuchlar esa Taiz viloyatida husiylardan ayrim pozitsiyalarni qaytarib olganini ma’lum qilgan. Biroq jang maydonidagi tomonlarning da’volari mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.

 

Husiylar va Yaman hukumati vakillari guruh Qizil dengizning janubiy qismidagi Katta va Kichik Hanesh orollarini, shuningdek, Mayyun orolini egallaganini bildirgan.

 

Yamandagi o‘n yildan ortiq davom etayotgan mojaro iyul oyida yana kuchaygan. Husiylar Saudiya Arabistoniga qarshi dengiz blokadasi e’lon qilib, Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni boshlagan. Bu 2022-yilda BMT vositachiligida erishilgan va keng ko‘lamli janglarni to‘xtatgan sulh kelishuviga xavf tug‘dirmoqda.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.