O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

Orolbo‘yida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Qoraqalpog‘istonda shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasini tizimli oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangi tashkil etilgan akademiya soha xodimlarini xalqaro standartlar va ilg‘or texnologiyalar asosida qayta tayyorlashning tayanch markaziga aylanadi.

 

 

Davlat rahbarining 2024-yil 24-dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, hududdagi tibbiyot muassasalarini xususiy sektor ishtirokida ilm-fan, ta’lim va amaliyotni birlashtirgan yagona innovatsion klasterga aylantirish belgilangan.

 

 

Ana shu maqsadda 4,6 gektar maydonda umumiy qiymati 154 milliard so‘m bo‘lgan zamonaviy majmua barpo etildi, 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

 

Akademiyada yiliga 3 ming nafar shifokor hamda 6 ming 800 nafar o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimining malakasini oshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, Orolbo‘yi hududidan har yili 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanadi.

 

 

Mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun 18 ta simulyatsion xona tashkil etilgan. Ularda 50 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha raqamli va simulyatsion ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Uzoq hududlardan keladigan mutaxassislar uchun esa 72 o‘rinli mehmonxona faoliyat yuritmoqda.

 

Akademiya zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan ham jihozlangan. Xususan, bu yerda Markaziy Osiyoda yagona ekani qayd etilgan “Edge Medical” jarrohlik roboti o‘rnatilgan. Qurilma simulyatsion mashg‘ulotlardan tashqari, real klinik sharoitda masofaviy operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.

 

 

Akademiya AQShning Pittsburg va Germaniyaning Frayburg universitetlari kabi xorijiy tibbiyot markazlari va yetakchi oliygohlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bu yerda xalqaro o‘quv kurslari va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tashkil etilib, telemeditsina hamda raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etilgan.

 

Davlat rahbari akademiyadagi amaliy mashg‘ulot xonalarini ko‘zdan kechirib, talabalar va tibbiyot sohasi xodimlari bilan suhbatlashdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.