O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Nukus Insulation Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada mahalliy bazalt xomashyosidan zamonaviy issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarilmoqda.

 

Qoraqalpog‘istonning boy tabiiy resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ushbu loyiha hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 

Loyiha davlat rahbarining 2024-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirildi.

 

Umumiy qiymati 50 million dollar bo‘lgan korxonaga Yevropada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Ular mahalliy xomashyodan xalqaro standartlarga mos mahsulot tayyorlash imkonini beradi.

 

Korxona yiliga 300 milliard so‘mlik 50 ming tonna issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

 

Bazalt asosidagi izolyatsiya materiallari yong‘inga chidamliligi, issiqlikni saqlash xususiyati va uzoq xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Ularning qurilishda qo‘llanilishi bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish, isitish va sovitish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Davlat rahbari ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlar bilan tanishib, korxona jamoasi bilan samimiy muloqot qildi.

 

Shu yerning o‘zida Qoraqalpog‘iston tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimlari o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

 

Prezident viloyatlar ko‘magida ushbu tumanlarni qo‘llab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi. 

 

Hududlar o‘rtasidagi aloqalar va ishlab chiqarish kooperatsiyasini mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan birgalikda foydalanib, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.