28 nafar bola bir Damas’da: Jizzaxda 2 ta holat aniqlandi
2 ta Damas’da jami 56 nafar bola tashilgan.

Jizzaxda ikkita Damas haydovchisi har bir transport vositasida 28 nafardan, jami 56 nafar bog‘cha bolasini tashigani aniqlandi.
Videoda birinchi Damas'dan 28 nafar bola tushirilayotgani aks etgan. Shuningdek, ikkinchi Damas'da ham 28 nafar bola tashilgani ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan haydovchilar hamda ta’lim muassasasi mas’ullariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi kutilmoqda.
Avvalroq Andijonda Tracker haydovchisi 21 nafar bola bilan yo‘l-transport hodisasiga uchragan edi.
Shuningdek, Navoiyda Matiz haydovchisi 14 nafar bolani tashib ketayotib YTHga uchragan. Hodisa oqibatida haydovchi vafot etgan, bolalar esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.








