O'zbekiston

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

Surxondaryo viloyatida Afg‘onistondan O‘zbekistonga yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi xabar berdi.

 

1-oktyabr kuni soat 22:30 da Afg‘onistondan “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan bo‘sh yuk avtomobili bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshiruv vaqtida kinologiya xizmati itining transport vositasiga nisbatan belgi berishi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng Termiz tumanida istiqomat qiluvchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtomobili chuqurlashtirilgan bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

 

Natijada avtomobil tirkamasining pol qismi ostiga yashirilgan 98 dona o‘ram aniqlangan. Ularning 79 tasidan 42 kilogramm 335 gramm gashish, 19 tasidan esa 10 kilogramm 260 gramm opiy topilgan. Shu tariqa o‘ramlari bilan birga olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalarining umumiy og‘irligi 52 kilogramm 595 grammni tashkil etgan. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur miqdordagi giyohvandlik vositalari salkam 340 ming dozaga teng.

 

Mazkur holat bojxona xodimlari, Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari vakillari hamkorligida aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tegishli protsessual tadbirlar olib borilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 1,9 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib kirilishi va mamlakat hududidagi yashirin aylanmasiga chek qo‘ygan.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.