O'zbekiston

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Kiyev va Moskva tomonidan amalga oshirilgan uzoq masofali zarbalar oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Rossiya Ukrainaning Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kemaga hujum qildi. Ukraina Dengiz portlari ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan. Kemadagi yana 12 nafar ekipaj a’zosi xavfsiz evakuatsiya qilingan.

 

Rossiya so‘nggi vaqtlarda Ukrainadagi Qora dengiz portlariga kirish imkoniyatini amalda cheklab qo‘ygan. Avval bu portlar jahon oziq-ovqat eksportining muhim manbalaridan biri bo‘lgan. Don va po‘lat tashiyotgan fuqarolik kemalariga berilgan zarbalar Ukraina iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda.

 

Rossiya tomonidan tayinlangan Lugansk viloyati gubernatori ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya bosib olgan hududga Ukraina tomonidan berilgan zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

 

Zaporijjya viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan rasmiylari esa Ukraina dronlari hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, 10 kishi jarohatlanganini bildirdi.

 

Shuningdek, Rossiya OAVlari Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatida dron hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

 

Ayni paytda Rossiyaning Kiyevdagi Shimoliy ko‘prikka bergan zarbasi oqibatida ikki kishi jarohatlandi. Bu Rossiyaning ikki kun ichida Ukraina poytaxtidagi muhim ko‘prikka ikkinchi hujumi bo‘ldi.

 

Rossiya diplomatlar va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi shanba kuni Ukrainadagi diplomatlar va xorijliklarni yana bir bor ogohlantirdi. Vazirlik ularni Kiyevni tark etishga chaqirib, shaharda qolish xavf tug‘dirishi mumkinligini bildirdi. Shunga qaramay, ko‘plab xorijiy elchixonalar hamon Kiyevda faoliyat yuritmoqda.

 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi beshinchi yilga kirgan. Hozircha mojaroning sekinlashayotganiga ishora yo‘q.

 

Al Jazeera qayd etishicha, Rossiya qo‘shinlarining jang maydonidagi hududiy yutuqlari deyarli rekord darajadagi past ko‘rsatkichgacha sekinlashgan. Ukrainaning qarshi hujumlari, jumladan, mamlakat sharqidagi Liman shahri atrofida davom etayotgan operatsiya Rossiyaning boshqa hududlardagi oldinga siljishini cheklamoqda.

 

Rossiya so‘nggi oylarda fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarini kuchaytirdi. Bunda reaktiv dvigatelli uzoq masofali zarba dronlaridan foydalanish ham ko‘paygan. Ular tezroq harakatlangani sababli bunday dronlarni urib tushirish qiyinroq.

 

Ukraina ham Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalarni kuchaytirgan. Jumladan, Rossiyaning ichki hududlaridagi neft infratuzilmasi va harbiy-sanoat obyektlari nishonga olinmoqda.

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

Aviakompaniya Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berdi.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.