Prezident Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” kompaniyasi asoschisini qabul qildi
Prezident kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktyabr kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.
Vagit Alekperov davlat rahbariga kompaniya tomonidan O‘zbekiston energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati haqida batafsil axborot berdi.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, neft mahsulotlari chakana savdosi tarmog‘ini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidan.
Kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalar ham ko‘rib chiqildi.








