O'zbekiston

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Sanepidqo‘mita epidemiologik vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?



O‘zbekistonda o‘lat kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.


Avvalroq Rossiyaning Irkutsk shahrida o‘lat kasalligiga gumon qilingan holat qayd etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Nurmat Otabekovning taʼkidlashicha, Rossiyaning “Rospotrebnadzor” xizmati rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, Irkutskda kuzatilgan holatning o‘lat kasalligi, xususan, uning o‘pka shakli bilan bog‘liqligi hozircha tasdiqlanmagan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tekshiruvlar davom etmoqda.


Mutaxassisning qayd etishicha, o‘lat bakteriyalar sabab yuzaga keladigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi. Uning tabiiy o‘choqlari dunyoning ayrim hududlarida mavjud bo‘lib, kasallik asosan mayda sut emizuvchi hayvonlar orasida uchraydi. Odamga esa ko‘pincha kasallangan hayvonlar yoki ulardagi burgalarning chaqishi orqali yuqishi mumkin.


O‘zbekistonda o‘lat va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning mamlakat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha zarur profilaktik choralar ko‘rilmoqda.


Xususan, davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida — xalqaro aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari va avtomobil yo‘llarida — 53 ta sanitariya nazorat punkti faoliyat yuritmoqda. Ular orqali mamlakatga kirib kelayotgan shaxslar tibbiy kuzatuvdan o‘tkaziladi.


Bundan tashqari, hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlashga ixtisoslashgan laboratoriyalari zarur diagnostik vositalar, ozuqa muhitlari, reagentlar va reaktivlar bilan taʼminlangan.


Sanepidqo‘m vakili mamlakatda o‘lat kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror ekanini va hozircha xavotirlanishga asos yo‘qligini bildirdi.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

Hozirda qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

Bojxona postida yuk mashinasi tekshirilganda, uning pol qismi ostidan 98 ta o‘ram yashirilgan narkotik modda topildi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident dunyoda 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlab, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

Sanjar Karimov qamoqda umrini o‘tkazish og‘ir ekanini taʼkidladi va suddan yana ota va o‘g‘il bo‘lish imkoniyatini so‘radi.

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

Oliy taʼlim vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.