Jahon

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailand hukumati mamlakatdan samolyotda chiqib ketadigan shaxslardan yangi yig‘im undirishni taklif qilmoqda. Tashabbus bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 29-oktyabrgacha davom etadi.

 

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, chiqish yig‘imi ming bat, ya’ni taxminan 30 dollarni tashkil qiladi. U xorijiy sayyohlar bilan birga Tailand fuqarolaridan ham undiriladi.

 

Yig‘imni aviakompaniyalar yoki ularning agentlari aviachipta uchun to‘lov vaqtida undirishi rejalashtirilgan. Qirollik oilasi a’zolari, patriarx, xorijiy davlatlar rahbarlari, hukumatning rasmiy mehmonlari hamda ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni yig‘imdan ozod qilish taklif etilmoqda.

 

Mamlakatdan quruqlik yoki dengiz orqali chiqib ketuvchilardan esa ushbu yig‘im olinmaydi.

 

Tailand Moliya vazirligi yangi yig‘im ichki turizmni rivojlantirish va mablag‘larning mamlakat iqtisodiyotida qolishiga yordam berishini hisoblamoqda. Biroq Tailand turistik agentliklari assotsiatsiyasi tashabbusni tanqid qilgan.

 

Jamoatchilik muhokamasi yakunlangach, taklif qonun sifatida qabul qilinsa, u rasman e’lon qilinganidan 180 kun o‘tib kuchga kiradi.

 

Shuningdek, Tailand rasmiylari xorijiy sayyohlar uchun 450 bat (taxminan 13,5 dollar) miqdorida oshirilgan yig‘im joriy etish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Mazkur chorani 2027-yilda qabul qilish rejalashtirilgan.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.