Jahon

Navai ishi tugatildi: reper Qozog‘istonni tark etdi

Rossiyalik reper Navai Qozog‘istonga kirayotganida giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilinib hibsga olingan edi.

Navai ishi tugatildi: reper Qozog‘istonni tark etdi

 

Qozog‘istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilinib hibsga olingan rossiyalik reper Navaiga (Navai Bakirov) nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda Jambil viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ish ijrochining birinchi marta jinoyat sodir etgani va jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga muvofiq faol pushaymonlik bildirgani hisobga olinib, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar bilan tugatilgan. Tegishli qaror nazorat organi tomonidan tasdiqlangan.

 

Shundan so‘ng Navai Qozog‘istondan chiqarib yuborilgan.

 

Eslatib o'tamiz, reper 13-oktabr kuni Qozog‘istonga kirayotganida Qirg‘iziston bilan chegaradagi Korday nazorat-o‘tkazish punktida hibsga olingan. Politsiya uning ketayotgan avtomobilini tintuv qilish vaqtida giyohvand moddalar topilganini bildirgan. Shundan so‘ng unga nisbatan kontrabandaga urinish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Navai Qozog‘istonga konsert berish uchun yo‘l olgan edi. Uning 14-oktabr kuni Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chiqishi bekor qilingan.

Eron AQSH bilan mojaroda o'zini himoya qilish huquqidan foydalandi — Tehron

Eron AQSH bilan mojaroda o'zini himoya qilish huquqidan foydalandi — Tehron

Eron vitse-prezidenti mamalakat urushni istamasligini, tinchlikni qarama-qarshilikdan ustun qo‘yishini ta’kidladi.

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti har besh daqiqada bir bola zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lishini ma’lum qildi.

Kolumbiyada noqonuniy oltin koni quladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada noqonuniy oltin koni quladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida yana yetti kishi jarohatlangan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.