Avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 31 yoshli erkak 3 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Oliy sud matbuot xizmati qo‘shimcha maʼlumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llangan.
Shuningdek, gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish belgilangan.


