1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

4 ta davlat rahbari Kiyevga tashrif buyurdi

Ular Zelenskiy bilan uchrashib, Rossiyani sulhga chaqirmoqchi.

4 ta davlat rahbari Kiyevga tashrif buyurdi

Bugun, 10 may kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Merts, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Polsha bosh vaziri Donald Tusk Kiyevga tashrif buyurdi. Ular prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, Rossiyani 30 kunlik otashkesimga chaqirishni rejalashtirmoqda.

 

Makron tashrif eʼlon qilinganida to‘rt yetakchining umumiy suratini ulashib, “Biz Kiyev yo‘lida — Ukraina uchun, yevropa uchun” deb izoh qoldirdi. AFP agentligi bunday yirik hamkorlar bir vaqtda Ukrainaga borishi tarixiy holat ekanini taʼkidladi.

 

Bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng Rossiyaga 30 kunlik sulh taklif qilinishi va rad javobi bo‘lsa, yangi sanksiyalar joriy etilishi rejalashtirilayotganini bildirgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика