
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” mamlakatda ommaviy axborot vositalari muammolarini hal qilish uchun uch tomonlama qo‘mita tuzilganini eʼlon qildi.
"Qo‘mita tarkibiga Afg‘oniston Islom Amirligi Madaniyat komissiyasi vakolatli vakili, OAVni himoya qilish uyushmasi raisi o‘rinbosari va Kobul viloyati politsiyasi vakili kirgan", — deb yozdi “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid o‘z Twitter sahifasida.
Bundan avval afg‘on jurnalistlari mamlakatda toliblar hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng ayollar ishsiz qolgani haqida yozgandi. Xususan, Afg‘oniston radio va televideniyasi milliy kompaniyasi teleboshlovchisi Shabnam Xon Davranning aytishicha, radikallar unga hatto kompaniya ofisiga kirishni taqiqlagan.
Nasiba To'xtayeva


