1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda TikTok'ning faoliyati tiklanishni boshladi

TikTok buning uchun Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

AQSHda TikTok'ning faoliyati tiklanishni boshladi

Bu haqda ilovaning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida e’lon qilingan bayonotda bildirildi. 


"Xizmat ko‘rsatuvchi sheriklarimiz bilan kelishuvga muvofiq, AQSH hududida TikTok'ning faoliyati tiklanish jarayonida", deyilgan bayonotda.


TikTok buning uchun AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi. 


Avvalroq Tramp o‘zining TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida prezidentligining birinchi kunida TikTok'ga qarshi taqiqlarning kuchga kirishini kechiktirish bo‘yicha farmon chiqarishga va’da bergan edi. Shuningdek, u TikTok'ning faoliyatini cheklovchi taqiqni buzgan kompaniyalar uchun jazo choralari qo‘llanilmasligini ham ta’kidlagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика